Chavusho‘g‘li Ukraina urushini qaysi shaklda tugatish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishini aytdi

Olam

image

Turkiya, agar diplomatiyaga imkoniyat berilsa, Ukrainadagi vaziyatni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni real deb biladi. Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar diplomatik idoralari rahbarlari yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

“Diplomatiyaga imkoniyat berilsa, muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishish mumkin. Albatta, bu Ukraina uchun adolatli tinchlik bo‘lishi kerak”, deydi Turkiya TIV rahbari. 

Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya YeXHTni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, chunki boshqa teng qamrab oluvchi platforma yo‘q. Shuningdek, u YeXHTning barcha a’zolari o‘rtasida konsensusga erishish uchun Anqaraning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgan polshalik hamkasblariga minnatdorlik bildirdi. 

Bugun, 1 dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida YeXHT Vazirlar kengashining ikki kunlik 29-yig‘ilishi boshlandi. Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyaning respublikaga kirishini rad etdi. Rossiya TIV bu qarorni misli ko‘rilmagan va provokatsion, tashkilot raisi maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan deb atadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mavlud Chavusho'g'li Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing