Bayden ma’muriyati F-16 qiruvchilarini Turkiyaga berish tarafdori bo‘lyapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish va Turkiya Harbiy-havo kuchlarining bunday samolyotlarni modernizatsiya qilish dasturini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyalik mavqedoshi Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Anqarada o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Bayden ma’muriyati modernizatsiya dasturini va yangi F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki Turkiyaning NATOdagi hamkori va ittifoqchisi sifatida xavfsizligi bizning milliy manfaatlarimiz va alyans xavfsizligi manfaatlariga mos keladi”, deydi u.  

Blinken, ma’muriyat bu masalada AQSH Kongressi bilan ish olib borayotganini bildirdi. 

“Turkiya va AQSH o‘rtasida xavfsizlik va harbiy hamkorlik sohasida “uzoq muddatli aloqalar” mavjud”, deya qo‘shimcha qildi diplomat. 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, o‘z navbatida, Anqara Qo‘shma Shtatlar Turkiya mudofaa sanoatiga qo‘ygan cheklovlarni tez orada olib tashlashiga umid qilayotganini aytdi. 

“Harbiy munosabatlarimiz strategik hamkorligimizning muhim jihati hisoblanadi. Biroq bir tomonlama sanksiyalar tufayli mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Endi ularni bartaraf etish kerak. Biz sanksiyalar imkon qadar tezroq olib tashlanishini kutamiz. Biz F-16 lar bilan bog‘liq oxirgi holatni muhokama qildik. AQSH ma’muriyati bizning iltimosimizni qattiq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu jarayon tezroq yakunlanishidan ikki tomon ham manfaatdor. AQSH Kongressi ham buni qo‘llab-quvvatlashini kutamiz”, deydi u.

Turkiya havo kuchlari bilan xizmat qiladigan samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun 40 ta F-16 Block 70 qiruvchi samolyoti va 80 ta Block 70 to‘plamlarini olmoqchi. Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olishi munosabati bilan beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarib tashlanganidan keyin F-16 ni sotib olish istagi borligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya F-16 Mavlud Chavusho'g'li Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing