Turkiyada harbiy vertolyot qulab, 4 nafar askar halok böldi (video)

Olam

−

image

Turkiyaning Malatya viloyatida S-70 rusumli harbiy vertolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi 4 nafar harbiy xizmatçi halok böldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa Malatya viloyatining Yaşilyurt tumanidagi Samanqöy hududida yuz bergan. Hozirça vertolyot nima sababdan qulagani noma’lum. Voqea joyiga tez yordam maşinalari, öt öçiriş va tibbiyot xodimlari yuborilgan.

Dastlab vertolyot qoldiqlari topilgani va qidiruv-qutqaruv işlari boşlangani ma’lum qilingan. Keyinroq vazirlik halokat oqibatida tört nafar harbiy halok bölganini tasdiqlagan.

“Malatyada S-70 rusumli vertolyotimizning hali noma’lum sababga köra qulaşi oqibatida bortdagi 4 nafar qahramon örtoğimiz şahid böldi. Şahidlarimizga Allohdan rahmat tilaymiz va ularning qayğu çekayotgan oilalariga, Turkiya Qurolli Kuçlariga va olijanob xalqimizga ta’ziya va sabr tilaymiz“, deyiladi vazirlik bayonotida.

Halok bölganlar – mayorlar Erdem Çimen va Orxun Pinar, katta serjant Husayn Zehir hamda serjant Serkan Onder.

Turkiya mudofaa vaziri Yaşar Gyuler halok bölgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Hodisa yuzasidan Malatya Respublikasi Boş prokuraturasi tergov boşlagan. Şuningdek, işga bir nafar boş prokuror örinbosari va ikki nafar prokuror jalb etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştati Mayami şahri yaqinida kiçik vertolyot suvga qulagan edi. Hodisa oqibatida uçuvçi halok bölib, vertolyotdagi yana ikki kişi oğir jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing