Juda taniqli shaxs – Gvardiola MYUning yangi murabbiyi haqida
Sport
−
27 noyabr 2021 6685 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ralf Rangnikning “Manchester Yunayted” murabbiyligiga tayinlanishiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Leypsig”ning sobiq ustozi MYUning vaqtinchalik murabbiyiga aylanadi va yaqin orada ish boshlaydi.
“Men uni yaxshi tanimayman va bir marta telefonda gaplashganman. Rangnik “Leypsig” uchun ajoyib ishlar qilganini yaxshi bilaman. U Germaniyada katta tajribaga ega va juda taniqli shaxs, lekin shaxsan men u bilan uchrashmaganman”, deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” murabbiyi Yurgen Klopp Ralf Rangnik “Qizil iblislar” jamoasiga kelayotganidan havotirda ekanini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning “Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqargan edi. Uning lavozimini sobiq futbolchi Maykl Kerrik egalladi. Mankunianliklar Angliya Premer ligasi turnir jadvalida 12-turdan so‘ng, 17 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr