Klopp havotirda. MYUning yangi murabbiyi ma’lum 

Sport

image

“Manchester Yunayted” iste’foga chiqarilgan Ole Gunner Sulsher o‘rniga germaniyalik mutaxassisi Ralf Rangnikni bosh murabbiylikka taklif qiladi.

Bundan xabar topgan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Rangnikning “Qizil iblislar” murabbiyligiga tayinlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Angliyaga yaxshi murabbiy kelmoqda, afsuski, “Manchester Yunayted”ga. U haqiqatan ham tajribali murabbiy va ikkita klubni yuqori darajaga ko‘tara olgan – “Xoffenxaym” va “Leypsig”. U har doim menejer bo‘lishni xohlagan. MYU unga shu imkoniyatni taqdim etadi. Ochig‘i, bu boshqa jamoalar uchun yaxshi yangilik emas.

Shuningdek, Klopp Rangnik oldida turgan qiyinchiliklarga to‘xtalib o‘tdi:

“Ammo dunyodagi barcha murabbiylarga o‘z jamoalarini tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ralf buning uchun vaqt yo‘qligini tushunib yetgan. APLda har hafta markaziy o‘yinlar bo‘ladi, bu esa vaziyatni murakkablashtiradi. Rangnik haqiqatan ham yaxshi inson va ajoyib murabbiydir. Angliyaga xush kelibsan”, deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Ralf Rangnik MYUga vaqtinchalik murabbiylik uchun emas, yangi jamoa qurish uchun kelishini ma’lum qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Liverpul' Klopp Rangnik

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing