Alonsoni “Real”dan ketish tafsilotlari ochiqlandi

Sport

image

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi va hozirda futbol eksperti bo‘lib faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager Xabi Alonsoning “Real” bosh murabbiyi lavozimidan ketishiga Vinisius Junior bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda Karrager o‘z dasturida so‘z ochdi.

“Ochig‘ini aytganda, Alonso Vinisius bilan bog‘liq vaziyat tufayli ishidan ayrildi. Murabbiy yuz berayotgan voqealardan norozi edi. Rahbariyat bilan gaplashganidan so‘ng, klub futbolchining tarafini oldi. Oqibatda Xabi ishdan bo‘shatildi va uning o‘rnini Arbeloa egalladi”, deydi Karrager.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso hozirda “Chelsi”ni boshqarmoqda. Ispaniyalik mutaxassis iyul oyida London klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan va “ko‘klar” bilan 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Joriy yilning iyun oyida esa “Real” Alvaro Arbeloa bilan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qilgan. U 8 iyul kunidan buyon Angliyaning “Fulxem” klubini boshqarib kelmoqda. Arbeloaning “kottejerlar” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing