“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan so‘ng APL chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
09:02 2067 1 daqiqa
Kecha, 19 may kuni “Manchester Siti” “Bornmut” bilan durang o‘ynadi. Natijada Londonning “Arsenal” jamoasi 22 yillik tanafusdan so‘ng 2025-2026 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi.
Premer-liganing 37-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Byornli”ni mag‘lub etdi. Londonliklarning asosiy ta’qibchisi “Manchester Siti” esa safarda “Bornmut” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Natijada “Arsenal” 82 ochko bilan Angliya chempioniga aylandi. “Manchester Siti” esa 37 turdan keyin 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoladigan bo‘ldi. Pep Gvardiola boshqarayotgan jamoa matematik jihatdan ham chempionlik imkoniyatini yo‘qotdi.
Bu sovrin “kanonirlar” uchun tarixdagi 14-chempionlik bo‘ldi. “Arsenal” bungacha 1930–1931, 1932–1933, 1933–1934, 1934–1935, 1937–1938, 1947–1948, 1952–1953, 1970–1971, 1988–1989, 1990–1991, 1997–1998, 2001–2002 va 2003–2004 yilgi mavsumlarda ham Angliya chempioni bo‘lgan edi.
Live
Barchasi