Yonayotgan Parij: Fransiyadagi bayram a’zaga aylandi (video)

Olam

image

Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Pari Sen-Jermen” (PSJ)ning g‘alabasidan so‘ng Fransiya poytaxti Parijda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi komaga tushgan, 219 kishi jarohatlangan va qariyb 800 kishi qo‘lga olingan.

Halok bo‘lgan yigit 2002 yilda tug‘ilgan bo‘lib, u tungi bayram paytida mototsikl boshqaruvi ustidan nazoratni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

Oradan bir necha soat o‘tib, 17 yoshli yigitga pichoq bilan hujum qilingan. Guvohlarning aytishicha, o‘smir talonchilik sodir etganidan keyin to‘rt kishi unga tashlangan. Jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Final hushtagi yangrashi bilan Eyfel minorasi PSJ ranglarida yoritilgan. Minglab muxlislar ko‘chalarga chiqib, jamoa tarixidagi yirik muvaffaqiyatni nishonlay boshlagan.

Ayniqsa, poytaxtning mrkaziy ko‘chalarida vaziyat keskinlashdi. Bu yerga qariyb 20 ming muxlis yig‘ilgan. Bayram vaqt o‘tishi bilan politsiya bilan to‘qnashuvlarga, petardalar portlatilishiga va yong‘inlarga aylangan.

Tartibsizliklar oqibatida kamida olti avtomobil, novvoyxona va restoran binolari zarar ko‘rgan. Eyfel minorasi atrofida axlat konteynerlari yonib ketgan, politsiya esa olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

Pars des Prinses yaqinida ham muxlislar politsiyaga pirotexnika vositalarini uloqtirgan. Stadion hududidagi tartibsizliklar o‘yin davomidayoq boshlangan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 150 ga yaqin muxlis stadionga bostirib kirishga uringan.

Voqealar ehtimoli oldindan hisobga olinib, Fransiya hukumati 22 ming nafar politsiyachi va jandarmlarni safarbar qilgan edi. Ularning 8 ming nafari Parij va uning atrofida xizmat qilgan.

PSJ prezidenti Nesser Al-Xelaifi muxlislarni vazminlikka chaqirib, “muammo chiqarmaslikni” so‘ragan. Klub ham bayramlarni mas’uliyat bilan o‘tkazishga da’vat qilgan, biroq bu chaqiriqlar tartibsizliklarning oldini ola olmagan.

Shunga qaramay, Fransiya Ichki ishlar vazirligi Parijdagi tantanali chempionlik paradini bekor qilish uchun asos yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 30 may kuni bo‘lib o‘tgan finalda penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida “Arsenal”dan ustun kelib, Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa parijliklar ketma-ket ikkinchi mavsum Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida zafar quchdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Arsenal PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing