Italiya terma jamoasi Gvardiola bilan muzokara o‘tkazdi
Sport
−
21 iyul 2873 1 daqiqa
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) rahbariyati o‘tgan hafta oxirida Barselona shahrida Pep Gvardiola bilan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi masalasini muhokama qildi. Bu haqda “Sky Sport Italia” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIGC texnik direktori Paolo Maldini hamda federatsiya maslahatchisi Leonardo “Manchester Siti”ni tark etgan ispaniyalik mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Federatsiyaning yangi rahbari Jovanni Malagoning ta’kidlashicha, milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun nomzodlar ro‘yxati faqat Roberto Manchini va Andrea Pirlo bilan cheklanmaydi.
Italiya terma jamoasi uchinchi marta ketma-ket Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng bosh murabbiy Jennaro Gattuzo lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, federatsiya rahbariyatida ham o‘zgarish bo‘lib, Jovanni Malago Gabriele Gravina o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola futbolchilik faoliyati davomida 2001-2003 yillarda Italiyada “Breshia” va “Roma” klublari safida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etganidan so‘ng Italiya milliy terma jamoasini boshqarish taklifini olganligi haqida ma’lumot berilgandi.
Live
Barchasi