Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Sport

image

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etganidan so‘ng Italiya milliy terma jamoasini boshqarish taklifini oldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Gvardiola Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo Araujo ispaniyalik mutaxassisni mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashdan manfaatdor.

Biroq Gvardiola ushbu lavozim uchun yagona nomzod emas. Roberto Manchini va Antonio Konte ham Italiya terma jamoasi short-listidan o‘rin olgan. Shu bilan birga, nashrning yozishicha, har ikki mutaxassis ham Maldini terma jamoada amalga oshirishni rejalashtirayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘liq mos kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi. Italiya hal qiluvchi pley-off bahsida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, mundialga chiqish imkoniyatini boy bergan. Shu tariqa, Italiya milliy terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatining final bosqichidan chetda qoldi va mamlakat 12 yildan buyon futbolning eng nufuzli musobaqasida ishtirok eta olmayapti.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing