Gattuzo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi kutilmoqda

Sport

image

Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Guttuzoning o‘rniga asosiy nomzodlar sifatida Massimiliano Allegri va Antonio Konte ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, jamoa delegatsiyasi rahbari, 2006 yil jahon chempioni Janluidji Buffon ham o‘z vazifasini tark etishi mumkin.

48 yoshli Gattuzo Italiya terma jamoasini 2025 yil iyun oyidan boshlab boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Natijada italiyaliklar uchinchi marta ketma-ket mundialda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Gattuzo murabbiylik faoliyati davomida Xorvatiyaning “Xayduk”, Italiyaning “Palermo”, “Piza”, “Milan”, “Napoli”, Shveysariyaning “Son”, Gretsiyaning OFI, Ispaniyaning “Valensiya” hamda Fransiyaning “Marsel” klublarida ishlagan. Uning boshqaruvida “Napoli” 2020 yilda Italiya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Italiya murabbiyi Gattuzo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing