JSST Yaqin Sharqda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi 

Olam

image
Yaqinda koronavirusning xavfli shtammi paydo bo‘lishi mumkin — JSST  north_east

Yaqinda koronavirusning xavfli shtammi paydo bo‘lishi mumkin — JSST 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini qayd etdi.  

“Yangi holatlar va shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning aksariyati emlanmagan odamlar. Hozir mintaqada COVID-19 ning to‘rtinchi to‘lqinida turibmiz”, degan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Sharqiy O‘rta yer dengizi byurosi rahbari Ahmad al-Mandxari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqada koronavirusning “delta” shtammiga chalinish holatlari tez -tez aniqlanmoqda. Ushbu turdagi holatlar Marokashdan Pokistongacha Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi 15 mamlakatda qayd etilgan. 

“Delta” variantining tarqalishi Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasidagi ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 holatlari va o‘limining ortishiga yordam beradi", deyilgan byuro bayonotida. 

Qayd etilishicha, so‘nggi bir oy ichida kasallik 55 foizga, o‘lim darajasi esa 15 foizga oshgan. 

Avvalroq, koronavirusga qarshi emlanganlarda Giyena-Barre sindromi paydo bo‘lishi masalasi haqida xabar bergandik.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 197 mln 381 ming 922 kishiga yetgan. 4 mln 214 ming 877 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq koronavirus

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing