JSST epidemiologi “omicron” nega tez tarqalayotganini aytdi

Olam

image

Koronavrusning yangi “omicron” shtammining dunyoda tez tarqalishi so‘nggi oylarda kuzatilgan xalqaro aviaqatnovlarning ko‘payishi bilan bog‘liq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassisi va Xalqaro tropik tibbiyot federatsiyasi prezidenti, professor Santyago Mas Koma shunday fikr bildirdi.

“Hozirda har bir mamlakatda “omicron” shtammi aniqlangan holatlar soni “delta” kabi tez tarqaladimi yoki yangi to‘lqin pandemiyasini keltirib chiqaradimi, degan xulosaga kelish uchun juda oz”, deya qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Epidemiolog niqob taqishni davom ettirish, ijtimoiy masofani saqlash va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni davom ettirish kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 27 ta davlat hududida aniqlangan.

Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetiga chap berib o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.

Avvalroq Janubiy Koreyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi va uning oila a’zolari koronavirusning "omicron" shtammiga chalingani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "omicron" Rossiyaga ham kirib keldi.

Ma’lumot uchun, Amerikaning Johnson & Johnson (J&J) kompaniyasi “omicron”ga qarshi vaksina yaratish ustida ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

omikron

Baholaganlar

376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing