“Omikron”ga qarshi vaksina yaratish boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikaning Johnson & Johnson (J&J) kompaniyasi koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi vaksina yaratishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning 29 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytilgan.  

“Kompaniya Janubiy Afrika va butun dunyo olimlari bilan birgalikda COVID-19 vaksinasining turli xil variantlarga, shu jumladan yangi, tez tarqaladigan “omikron” shtammiga qarshi samaradorligini baholash uchun ishlamoqda. Bundan tashqari, kompaniya “omikron” variantiga qarshi maxsus vaksina ishlab chiqmoqda”, deyiladi bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, Pfizer va Moderna ham koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish uchun maxsus vaksina variantlari ishlab chiqilishini e’lon qilgan. 

Avvalroq, yangi koronavirusning “omikron” shtammi hozirgacha 20 ta davlatda aniqlangani, jami 226 ta infeksiya holati qayd etilgani haqida xabar bergandik.  

Noyabr oyining oxirida Janubiy Afrika olimlari birinchi bo‘lib “omikron” shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Shtamm juda ko‘p mutatsiyalarga ega, bu esa uni yanada yuqumli va vaksina immunitetini chetlab o‘tish uchun yaxshiroq moslashtirishi mumkin. “Omikron”ning tarqalishi tufayli Isroil chet el fuqarolari uchun chegaralarini yopgan birinchi davlat bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus omikron

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing