Jorj Floyd oilasi uchun 13 million dollar yig‘ildi

Olam

image

AQSHning Minneapolisda politsiya tomonidan o‘ldirilgan afro-amerikalik Jorj Floydning oilasiga yordam berish uchun 13 million dollar yig‘ildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Dastlabki maqsad 1,5 million dollarni yig‘ish edi. GoFundMe portalida Floyd uchun mablag‘ to‘plash marhumning akasi tomonidan boshlangan.

Ayni paytda saytda 13 005 600 dollar yig‘ilgani aytilmoqda. Jorj Floydning oilasiga yordam berish uchun 477 mingdan ortiq kishi mablag‘ ajratgan.

Yig‘ilgan mablag‘ Jorjning dafn marosimi, uning oilasiga psixologik yordam va sud xarajatlarini to‘lashga sarflanadi. Pulning bir qismi Floydning bolalariga g‘amxo‘rlik qilish va ularning ta’limi uchun to‘lashga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turdi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan bo‘lsa ham huquq-tartibot idorasi xodimi bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Sud-tibbiy ekspertizasi Jorj Floyd boshqa yondosh kasalliklardan emas, aynan bo‘yin va yelkaning qattiq bosilishidan nafas ololmay o‘lganini ta’kidladi.

Amerika shaharlarida boshlangan taloto‘pda 11 kishi halok bo‘lgani aytildi. AQSHda boshlangan noroziliklar Fransiya, qisman Buyuk Britaniya va Germaniyaga ham ta’sir qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Floyd

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing