Jokovichning Avstraliyadagi muammosi hal bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 10 yanvar kuni Avstraliya hukumati “Katta dubulg‘a” musobaqalarining 20 karra chempioni, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichni deportatsiya qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda “The Age” nashri xabar berdi.

Avstraliya immigratsiya vazirligi to‘rt soatlik muzokaralardan so‘ng ushbu qarorni qabul qildi. Shu bilan birga, Jokovichning vizasi hali ham bekor qilinishi mumkinligi, ammo bu yaqin kunlar ichida sodir bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Bundan avval Novak Jokovichning vizani bekor qilish bo‘yicha apellyatsiyasi o‘rinli, deb topilgan edi. 34 yoshli tennischi hibsga olinishi haqida ma’lumotlar ham paydo bo‘lgan edi, biroq bu tasdiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, Australian open”da ishtirok etish uchun yashil qit’aga kelgan Novak vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olindi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan. Shundan so‘ng, mehmonxonaga joylashtirilgan edi.

Ma’lumot uchun, Jokovichning otasi Serjan Jokovich Avstraliyadagi o‘g‘li bilan bog‘liq mojaro hal etilmagan taqdirda, tennischining butun oilasi va muxlislari Serbiya ko‘chalariga chiqishini ma’lum qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Katta Dubulg'a Jokovich vstraliya

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing