Nadal: “Medvedev – buyuk chempion”

Sport

image

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 21 karra chempion ispaniyalik Rafael Nadal dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi rossiyalik Daniil Medvedevning xarakteri haqida gapirdi.

“Odamlarda Daniil Medvedev obrazi haqida noto‘g‘ri tasavvur bor. Men buni chin yurakdan aytaman. Kiyinish xonasida, yolg‘iz qolganimizda juda mehribon, g‘amxo‘r va xotirjam odam ekanini payqaganman. Men u bilan osongina til topishaman va juda hurmat qilaman, u buyuk chempion”, deydi Nadal.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Rafa joriy yilning 30 yanvar kuni ispaniyalik tennischi “Australian open” turnirining hal qiluvchi bahsida rossiyalik Daniil Medvedevni 2:6, 6:7 (5:7), 6:4, 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. 

Nadal ushbu natija evaziga faoliyati davomida 21-marta “Katta Dubulg‘a” turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi va shveysariyalik Rojer Federer hamda serbiyalik Novak Jokovichni ortda qoldirdi. Bunga qadar ispaniyalik raketka ustasi Avstraliya ochiq chempionatida 5 marta finalgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, faqat bir marta, 2009 yilda chempion bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Medvedev Jokovich Nadal' Aus Open

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing