Nadal Olimpiadada ishtirok etishi mumkin

Sport

image

Tennis bo‘yicha o‘tkaziladigan “Katta Dubulg‘a” turnirining yigirma ikki karra chempioni, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal shu yili Fransiya poytaxti Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashishi mumkin. Bu haqda “Sport.ru” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Nadal 2024 yildagi Olimpiada o‘yinlari uchun Ispaniya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Rafael Nadal dunyo reytingida 275-o‘rinni  egallab turibdi.
Qayd etish joiz, Olimpiadada har bir mamlakatdan to‘rt yillikning eng yirik sport turniri uchun yetarli reyting ochkosini to‘play olgan eng yaxshi to‘rt nafar tennischi ishtirok etadi.

Ispaniya tennis jamoasi qaydnomasi:

  • Dunyoning 3-raqamli tennischisi Karlos Alkaras;
  • Himoyalangan reyting bo‘yicha 275-o‘rindagi Rafael Nadal;
  • Himoyalangan reyting bo‘yicha 1049-o‘rindagi Pablo Karreno Busta.

Ma’lumot uchun, Parijdagi Olimpiada o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Xabibulloh Rayimov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Parij Olimpiada Nadal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing