Parijda namoyishchilar Luvr muzeyiga kirishni to‘sib qo‘ydi

Olam

−

image

Fransiya poytaxti Parijda namoyishchilar yashash xarajatlarining oshishiga qarshi noroziliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Luvr muzeyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Oqibatda muzey belgilangan vaqtda tashrif buyuruvchilar uchun ochilmadi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Bugun, 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan aksiyada Luvr maktabi (École du Louvre) talabalari yetakchilik qilgan. Ular Fransiyada so‘nggi haftalarda davom etayotgan norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlab, politsiyaning namoyishchilarga nisbatan harakatlarini qoralagan.

Muzey tashqarisiga osib qo‘yilgan varaqada namoyishchilar dunyodagi eng yirik muzeylardan biriga kirishni to‘sib qo‘yganini e’lon qilgan. Aksiya tashkilotchilari shu yo‘l bilan jamoatchilik e’tiborini mamlakatdagi ijtimoiy muammolarga qaratishga uringan.

Fransiyada noroziliklar dastlab o‘rta maktab o‘quvchilarining ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash talabi bilan boshlangan. Keyinchalik ular yashash xarajatlarining oshishi va boshqa ijtimoiy muammolarga qarshi kengroq harakatga aylangan.

Dam olish kunlari mamlakatning bir qator hududlarida namoyishlar zo‘ravonlik bilan kechgan. Ayrim guruhlar politsiyaga hujum qilgan, davlat idoralari va boshqa jamoat binolariga zarar yetkazgan, do‘konlarni talagan hamda transport vositalariga o‘t qo‘ygan.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqishni topshirgan. Mamlakat ichki ishlar vaziri Loran Nunes esa tartibsizliklar vaqtida xavfsizlik kuchlari vaziyatni nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch kelganini tan olgan.

Noroziliklar Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Italiya, Ispaniya va Portugaliyada yashash xarajatlari hamda uy-joy narxlarining oshishiga qarshi aksiyalar o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyadagi tartibsizliklardan keyin Italiyaning Milan shahrida ham yashash xarajatlari oshishiga qarshi namoyishlar to‘qnashuvlarga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing