Medvedev bolalikdagi orzusi haqida gapirdi
Olam
−
14 dekabr 2023
11560Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, “Yagona Rossiya” siyosiy partiyasi raisi Dmitriy Medvedev bolaligida kosmonavt bo‘lishni orzu qilganini aytdi. U bu haqda “Rossiya kelajagi” munozara maydonchasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
Medvedevning ta’kidlashicha, u maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan, lekin har doim "bunday tanlovga loyiq" bo‘lishga intilgan. “Yagona Rossiya” raisi kosmosga uchish imkoniyati borligini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maqsadga erishish uchun asosiy narsa har kim o‘z yo‘li va hayot dasturini to‘g‘ri qurishi kerak, xolos.
"Hamma koinot haqida orzu qiladi. Men bu haqda o‘ylardim, lekin tushundimki, fazogir bo‘lish juda qiyin. Bu juda og‘ir ish bo‘lgani uchun katta tanlovdan o‘tish, kerakli bilimlarni egallash va jismonan tayyor bo‘lish kerak", degan Medvedev.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli Medvedev 2008-2012 yillarda Rossiya prezidenti bo‘lgan. Shundan so‘ng, u 2020-yil yanvarigacha mamlakat bosh vaziri lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq prezident yil boshidan beri qancha chechen urushga yuborilganini aytgandi.
LiveBarchasi