Nadal AO turnirida g‘alaba qozonib, tarixiy rekord qayd etdi
Sport
−
31 yanvar 2022
3355Kecha, 30 yanvar kuni ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 2022 yilgi “Australian open” turnirining hal qiluvchi bahsida rossiyalik Daniil Medvedevni 2:6, 6:7 (5:7), 6:4, 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etib, faoliyati davomida tarixda ilk marta 21-bor “Katta Dubulg‘a” turkumidagi musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Final 5 soat 28 daqiqa davom etdi. Uchrashuv davomida Nadal setlar bo‘yicha 0:2 hisobida ortda qolayotgan bo‘lsa-da, yakunda irodali g‘alabaga erishdi.
Rafa turnirda g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘zini tarixdagi eng buyuk tennischi, deb hisoblamaligi haqida aytib o‘tdi.
“Yo‘q, men bu mavzu bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarimni o‘zgartirmadim. Yigirma birinchi unvon alohida, men bu men uchun nimani anglatishini bilaman, lekin umuman olganda, men tarixda eng zo‘ri bo‘lish yoki bo‘lmaslimning ahamiyati yo‘q. Bu unvonni qo‘lga kiritganimdan xursandman”, deydi Rafa.
Eslatib o‘tamiz, Nadal faoliyati davomida 21-marta “Katta Dubulg‘a” turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi va shveysariyalik Rojer Federer va serbiyalik Novak Jokovichni ortda qoldirdi. Bunga qadar ispaniyalik raketka ustasi Avstraliya ochiq chempionatida 5 marta finalgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, faqat bir marta, 2009 yilda chempion bo‘lgan.
Bundan tashqari Rafa “Grand Slam” turnirlarining qolgan uchtasida ham kamida ikki martadan g‘alaba qozongani sababli ikkinchi marta “Career Slam”ni to‘pladi. Ushbu natijaga 2021 yilda “Rolan Garros”da ikkinchi bor g‘alaba qozongan Novak Jokovich erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Novak Jokovich o‘tgan yili Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib chiqqan. Finalda u Daniil Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Serbiyalik tennisich viza mojarosi va deportatsiya tufayli joriy yilgi musobaqada ishtirok eta olmadi.
LiveBarchasi