Tennis yulduzlari mukofot pullaridan norozi

Sport

image

Tennis yulduzlari Yannik Sinner, Arina Sobolenka va Koko Gauf “Rolan Garros” musobaqasidagi mukofot pulidan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda tennischilarning o‘zlari bayonot bergan.

Yulduzlarning aytishicha, umumiy mukofot jamg‘armasi oshirilgan bo‘lsa-da, (61,7 mln yevro), tennischilarning turnir daromadidan oladigan ulushi kamayib bormoqda. Tennischilarning turnir daromadidagi ulushi 2024 yildagi 15,5 foizdan 2026 yilga borib 14,9 foizga tushishi kutilmoqda.

“Turnir tashkilotchilariga ko‘ra, “Rolan Garros” 2025 yilda 395 mln yevro daromad qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘p. Biroq mukofot puli faqat 5,4 foizga oshgan va tennischilar ulushi 14,3 foizga tushib ketgan”, deyiladi bayonotda.

Tennischilarning aytishicha, ularning boshqa talablari ham bor, jumladan yaxshiroq vakillik, tibbiy xizmat va pensiya masalalari, ammo bu masalalar hozircha hal etilmagan.

Ma’lumot uchun, qum qoplamli “Katta dubulg‘a” turniri 24 may kuni Parijda boshlanadi. Tashkilotchilar 2026 yil uchun jami mukofot jamg‘armasini 61,7 mln yevroga yetkazgan (o‘tgan yilga nisbatan 5,3 mln yevro ko‘p). Shu bilan birga, turnir 2025 yilda 395 mln yevro daromad qilgan va 2026 yilda bu raqam 400 mln yevrodan oshishi kutilmoqda.

Mukofotlar taqsimoti quyidagicha:

  • Chempionlar – 2,8 mln yevro;
  • Finalchilar – 1,4 mln yevro;
  • Yarim finalchilar – 750 ming yevro 
  • Birinchi bosqichda mag‘lub bo‘lganlar – 87 ming yevro; 
  • Juftlik g‘oliblari – 600 ming yevro;
  • Aralash juftlik g‘oliblari – 122 ming yevro. 

Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner “Madrid Masters” turnirida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tennis mukofot norozi yulduzlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing