Nadal “Real” direktorlar kengaşi a’zosi böldi

Sport

−

image

Tennis böyiça 22 karra “Katta dubulğa” turnirlari ğolibi, ispaniyalik Rafael Nadal “Real Madrid” klubi direktorlar kengaşi tarkibiga qöşildi. Bu haqda Madrid jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rafael Nadal sport tarixidagi eng buyuk afsonalardan biri, şuningdek, dunyodagi eng hurmatga sazovor va e’tirof etilgan ispan sportçilaridan biridir. Ispaniya va jahon sporti uçun namuna bölgan, sportdagi va insoniy fazilatlari bilan ajralib turadigan insonning direktorlar kengaşimizga qöşilişi va uşbu muhim lavozimda klubimizning buguni hamda kelajagiga hissa qöşişi “Real” va uning barça muxlislari uçun katta şarafdir”, deyiladi “Qirollik klubi” bayonotida.

Ma’lumot uçun, 40 yoşli Nadal “Real”ning muxlisi hisoblanadi. Uning amakisi Anxel Nadal Ispaniya milliy terma jamoasi safida futbol öynagan.

Rafael Nadal dunyo reytingida birinçi örinda jami 209 hafta bölgan. U ATP turnirlarida 92 ta sovrinni qölga kiritgan. Ispaniyalik tennisçi ikki karra Olimpiya çempioni hisoblanadi: 2008 yilda yakkalik bahslarida, 2016 yilda esa Mark Lopes bilan juftlik bahslarida oltin medalga sazovor bölgan. Şuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan tört marta – 2004, 2009, 2011 va 2019 yillarda Devis kubogida ğolib çiqqan.

Nadal Ispaniya Qirollik sport xizmatlari ordeni sohibi hamdir. U 2006 yilda “Yilning eng yaxşi yangi sportçisi” mukofotlarini qölga kiritgan. Şuningdek, 2008, 2010, 2013, 2017 va 2019 yillarda ATP tomonidan yilning eng yaxşi tennisçisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing