“Real” Çempionlar ligasida ketma-ket beşinçi ğalabasini qölga kiritdi
Sport
−
751 1 daqiqa
Keça, 24 noyabr kuni “Real Madrid” Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining beşinçi turi doirasida öz maydonida Niderlandiyaning PSV jamoasini 5:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv “Santyago Bernabeu” stadionida bölib ötdi.
32-daqiqada Ivan Perişiç penaltidan unumli foydalanib, hisobni oçdi. Biroq ikkinçi bölimda madridliklar beşta gol urişga muvaffaq böldi. Dastlab 50-daqiqada Federiko Valverde hisobni tenglaştirdi. 60-daqiqada esa Jud Bellingem goli madridliklarni hisobda oldinga olib çiqdi. 64- va 84-daqiqalarda Kilian Mbappe dublni rasmiylaştirdi. 87-daqiqada Vinisius Junior uçraşuvdagi söngi golga mualliflik qildi.
Bu “Real Madrid”ning Çempionlar ligasidagi joriy mavsumda ketma-ket beşinçi ğalabasi böldi. Jamoa 15 oçko bilan turnir jadvalida yakka peşqadamlik qilmoqda. Madridliklar keyingi uçraşuvini joriy yilning 9 dekabr kuni safarda Angliyaning “Arsenal” klubiga qarşi ötkazadi.
PSV esa tört oçko bilan 28-örinda bormoqda. Niderlandiya klubi joriy yilning 9 dekabr kuni öz maydonida Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasini qabul qiladi.
Live
Barçasi