“Paxtakor” Jiddada “Al-Ittihod”ga mağlub böldi
Sport
−
2413 1 daqiqa
Keça, 23 noyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi OFK Elit Çempionlar ligasi beşinçi turi doirasida öz uçraşuvini ötkazdi. Unda “şerlar” safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga 0:2 hisobida mağlub böldi.
Mezbonlar har ikki bölim boşida gol urişga muvaffaq böldi. Uçraşuvning 7-daqiqasida Marvon Al-Sahafiy töpni Muhannad Al-Şanqitiyga uzatdi. U esa uzoq burçakni aniq nişonga olib, hisobni oçdi.
Ikkinçi bölim avvalida, 47-daqiqaga kelib esa Muxtor Ali uzoq masofadan zarba yölladi. Töp darvoza ustuniga tegib qaytdi va Jorj Ilenixena vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.
Bu “Paxtakor”ning turnirdagi ketma-ket uçinçi mağlubiyati böldi. Jiddaga safaridan oldin toşkentliklar Iroqning “Al-Quva” (0:1) hamda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” (2:6) jamoalariga imkoniyatni boy bergan edi.
Beşta uçraşuvdan söng “Paxtakor” ikki oçko bilan Ğarbiy mintaqa turnir jadvalida 15-örinni egallab turibdi. Navbatdagi uçraşuvda “şerlar” joriy yilning 7 dekabr kuni toşkentliklar Çempionlar ligasining oltinçi turida Eronning “Traktor” jamoasini qabul qiladi.
Live
Barçasi