Bugun Özbekiston klublari Saudiya jamoalariga qarşi öynaydi

Sport

−

visibility1752 timer2 daqiqa

image

Bugun, 23 noyabr kuni Elit Osiyo çempionlar ligasi bahslarining 5-turiga start beriladi. Unda Özbekistonning “Neftçi” va “Paxtakor” jamoalari Saudiya Arabistonining kuçli klublariga qarşi bahs olib boradi.

Farğonaliklar öz maydonida “Al Hilol”ni qabul qiladi. Uçraşuv soat 18:45 da boşlanadi.

“Bizni, şubhasiz, murakkab bahs kutib turibdi. “Al Hilol” – Osiyoning eng kuçli jamoalaridan biri. Raqib tarkibi, futbolçilarining individual mahorati hamda jamoaning qölga kiritgan yutuqlari xususida ortiqça töxtalişga hojat yöq.
Biroq biz ham mazkur musobaqada şunçaki qatnaşmayapmiz. “Neftçi” öz oldiga aniq maqsadlar qöygan, öziga xos xarakter va yuksak ambitsiyalarga ega jamoa. Bugun şogirdlarimdan maydonda jasorat namoyiş etib, sönggi daqiqalargaça kuraşişlarini hamda farğonalik muxlislarni xuşnud etişlarini kutaman. Buning uçun jamoamizning salohiyati yetarli”, deydi “Neftçi” boş murabbiyi Islom Ismoilov öyin oldi matbuot anjumanida.

Şuningdek, bugun, 23 noyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi ham Elit Osiyo çempionlar ligasining 5-turi doirasida safarda “Al Ittihod”ga qarşi maydonga tuşadi. Jiddada bölib ötadigan uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:15 ga belgilangan.

“Jiddaga qaytişdan xursandmiz. Raqibimiz juda kuçli jamoa. Uning tarkibida individual jihatdan mahoratli futbolçilar jamlangan. Jamoaviy öyini ham şakllangan. Hujumkor futbol körsatişga intiladigan, oldinga borişni yoqtiradigan jamoa. Tarkibimizda bir neçta yöqotişlar bor. Şunga qaramay, jamoaviy jipslaşgan holda bor kuçimiz bilan qarşilik körsatişga urinamiz. Safimizdagi yoş futbolçilar uçun bu jiddiy sinovga aylanadi. Ular nimalar ustida işlaş kerakligini bilib olişadi. Raqibga böş hudud qoldirmaslikka harakat qilamiz”, deydi “Paxtakor”ning xalqaro maydonlardagi murabbiyi Emilian Karas.

Ma’lumot uçun, ortda qolgan tört turdan söng Islom Ismoilov boşçiligidagi “Neftçi” bir ğalaba, bir durang va ikki mağlubiyat qayd etib, 4 oçko bilan turnir jadvalining 9-poğonasini egallab turibdi.

“Paxtakor” esa 2 oçko bilan 14-örinda bormoqda. Uning bugungi raqibi “Al Ittihod” 4 oçko bilan 10-örinni egallagan. Saudiyaning “Al Hilol” klubi 9 oçko bilan ikkinçi örinda joylaşgan. 12 oçko töplagan “Al-Ayn” esa musobaqa peşqadami bölib turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing