“Neftçi” sönggi daqiqalarda gol ötkazib, ğalabani qöldan boy berdi
Sport
−
09:24 826 2 daqiqa
Keça, 2 noyabr kuni Farğonaning “Neftçi” jamoasi Elit Osiyo Çempionlar ligasi turniri 4-turi doirasida Eronning “Traktor” klubiga qarşi safar uçraşuvini ötkazdi. Bir kişi köp bölib harakat qilgan farğonaliklar yakunda 2:2 hisobidagi durang bilan 3 oçkoni qöldan boy berişdi.
Birinçi bölimda hisob oçilmadi va jamoalar tanaffusga nursiz durang bilan yöl olişdi.
Ikkinçi bölimning 55-daqiqasida zaxiradan maydonga tuşgan “Neftçi” legioneri Stipe Periça Abrorbek Ismoilovning uzatmasidan söng hisobni oçdi.
62-daqiqada “Traktor” himoyaçisi Farşad Faraji qöpolligi uçun töğridan-töğri qizil kartoçka bilan jazolanib, maydondan çetlatildi. Son jihatdan ustunlikka ega bölgan “Neftçi” 82-daqiqada mezbonlarning qarşi hujumidan söng Tomislav Ştrkalning goli evaziga hisobni tenglaştirişga yöl qöydi.
Uçraşuvning asosiy vaqtiga qöşib bergan 4-daqiqada (90+4) zaxiradan maydonga tuşgan Vladimir Yovoviç raqib darvozasini işğol etib, “Neftçi”ni yana hisobda oldinga olib çiqdi.
Biroq farğonaliklar ğalabani saqlab qola olişmadi. 90+9-daqiqada Mas’ud Zayerkozemayn “Traktor”ning yakuniy golini kiritib, hisobni 2:2 körinişiga keltirdi.
Uşbu natijadan söng “Neftçi” 4 oçko bilan turnir jadvalining 9-poğonasini egallab turibdi. “Traktor” esa 2 oçko bilan 13-örinda bormoqda. 12 oçkodan jamğargan “Al-Ayn” musobaqa peşqadami bölib turibdi.
Live
Barchasi