Oston Örunov Eronning boşqa bir jamoasiga ötişi mumkin

Sport

−

image

Eronning “Traktor” klubi Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Oston Örunovni öz safiga qöşib olişga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda “Sport Persian” naşri xabar berdi.

“Traktor” boş murabbiyi Javod Nekunam Oston Örunovni jamoaga jalb qiliş imkoniyati haqidagi savolga javob berdi. Uning aytişiça, futbolçi bilan şartnoma imzolaş böyiça hozirça rasmiy sörov yuborilmagan, ammo uni transfer qiliş varianti körib çiqilmoqda.

Nekunam Örunov “Traktor” qiziqiş bildirayotgan yagona futbolçi emasligini ta’kidladi. Klub şuningdek, “Istiqlol”, “Persepolis” va “Sepahon” jamoalari futbolçilarini ham öz safiga qöşib oliş imkoniyatini örganmoqda.

“Traktor” ustozi Örunovning hali ham “Persepolis” bilan amaldagi şartnomasi borligini qayd etdi. Şu sababli şartnoma muddati tugamagunça futbolçini töğridan-töğri transfer qiliş imkoniyati mavjud emas.

Hozirça ikki klub örtasida rasmiy taklif yoki kelişuv haqida ma’lumot yöq. Biroq Nekunamning bayonoti “Traktor”ning özbekistonlik futbolçiga qiziqişi borligini tasdiqlaydi.

Şuningdek, avvalroq “Persepolis” boş murabbiyi Oston Örunovni mavsum örtasida jamoani tark etişi mumkin bölgan futbolçilar röyxatiga kiritiş niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uçun, Eronning “Traktor” jamoasi safida yana bir Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odil Hamrobekov ham harakat qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing