“Nasaf” Quvaytdagi uçraşuvda irodali ğalabaga erişdi

Sport

−

image

Keça, 4 noyabr kuni Qarşining “Nasaf” jamoasi Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining 4-turi doirasida safarda Quvaytning “Kuvayt SK” klubini 3:2 hisobida mağlub etdi.

Uçraşuvning 27-daqiqasida Yosin Xenisiy hisobni oçdi. Oradan köp ötmay,  34-daqiqada Muhammad Furayh mezbonlarning ikkinçi golini kiritdi. Şu tariqa quvaytliklar birinçi bölimni 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yakunladi.

Ikkinçi bölimda “Nasaf” hisobni özgartirişga muvaffaq böldi. 57-daqiqada Bobir Abduxoliqov farqni qisqartirdi. Oradan 10 daqiqa ötib, 67-daqiqada Abduxoliqov dubl qayd etib, hisobni tenglaştirdi. Uçraşuvning 81-daqiqasida Oybek Rustamov “Nasaf”ning ğalaba golini kiritdi. Şu tariqa, Röziqul Berdiyev  şogirdlari yakunda 3:2 hisobidagi irodali ğalabani rasmiylaştirdi.

Uşbu ğalabadan söng “Nasaf” tört oçko bilan “A” guruhida uçinçi örinda bormoqda. “Kuvayt SK” esa olti oçko bilan ikkinçi poğonani egallagan.

Ma’lumot uçun, “Nasaf” turnir doirasidagi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 25 noyabr kuni öz maydonida Bahraynning “Al-Xolidiya” jamoasiga qarşi ötkazadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing