“Nasaf” Bahrayn jamoasini mağlubiyatga uçratdi
Sport
−
2300 1 daqiqa
Keça, 25 noyabr kuni Qarşining “Nasaf” jamoasi Osiyo Çempionlar ligasi-2 musobaqasi guruh bosqiçi beşinçi turida Bahraynning “Al-Xolidiya” klubini qabul qildi. Qarşi şahridagi “Markaziy” stadionida bölib ötgan uçraşuvda mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozondi.
Uçraşuvdagi yagona gol 51-daqiqada Abbosjon Ğulomov tomonidan kiritildi va “Nasaf”ga muhim uç oçkoni taqdim etdi.
Şu tariqa, “Nasaf” guruh bosqiçidagi beşta uçraşuvdan söng öz oçkolarini 7 ga yetkazdi. Uşbu bahsga qadar Qarşi jamoasi 4 oçko bilan “A” guruhida 3-örinda borayotgan edi. Uşbu ğalabadan keyin qariliklar 2-öringa kötarilib oldi. “Al-Xolidiya” esa 4 oçko bilan söngi poğonani egallab turibdi.
“Nasaf” guruh bosqiçidagi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 9 dekabr kuni safarda BAAning “Al-Vahda” jamoasiga qarşi ötkazadi. “Al-Xolidiya” esa şu kuni Quvaytning “Al-Quvayt” klubi bilan bahs olib boradi. Uşbu uçraşuvdagi ğalaba Roziqul Berdiyev şogirdlarini keyingi bosqiçga olib çiqadi.
Live
Barçasi