Nega Ronaldu “Paxtakor”ga qarşi öyin uçun Toşkentga kelmadi?
Sport
−
18:30 715 2 daqiqa
Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronalduning “Paxtakor”ga qarşi uçraşuvda iştirok etmagani jarohat bilan boğliq emas. Jamoaning tiğiz taqvimi va yuqori jismoniy yuklamani inobatga olgan holda, unga dam oliş imkoniyati berilgan. Bu haqda “Al-Nasr” boş murabbiyi Anje Postekoğlu ma’lum qildi.
41 yoşli futbolçining öyinda qatnaşmasligi jarohat bilan boğliq emas. Postekoğlu jamoaning tiğiz taqvimi va mavsum davomidagi uzoq safarlar sabab Ronalduga dam berişga qaror qilgan.
Öyinoldi matbuot anjumanida murabbiy Ronaldu bilan birga Kingsli Koman va Muhammad Simakan ham jamoaning yuqori jismoniy yuklamasi va safarlar köpligi tufayli uçraşuvni ötkazib yuborişini ma’lum qilgan.
Qayd etiş joiz, Ronaldu bu qarordan oldingi öyinda yuqori natija qayd etgan edi. U joriy yilning 29 oktyabr kuni “Al-Xolud”ga qarşi bahsda xet-trik qayd etib, jamoasining 5:3 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşgan. Şu tariqa, uning rasmiy öyinlardagi gollari soni 985 taga yetgandi.
Portugaliyalik hujumçining joriy yilning 6 noyabr kuni Saudiya Arabistoni çempionati doirasida “Al-Hazm”ga qarşi uçraşuvida maydonga qaytişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, keça, 2 noyabr kuni bölib ötgan “Paxtakor” va “Al-Nasr” bahsi 2:6 hisobida saudiyaliklar foydasiga hal bölgandi.
Live
Barchasi