“Paxtakor” Ronaldusiz “Al-Nasr”ga yirik hisobda yutqazdi

Sport

−

image

Bugun, 2 noyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” klubi öz uyida Elit Osiyo Çempionlar Ligasi 4-turi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasiga qarşi bahs olib bordi. Öyin mehmonlarning 2:6 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bahs saudiyaliklarning ustunlgida boşlandi. 15-daqiqada riyodliklar hujumçisi Abdulloh al-Hamdan “şerlar” darvozasini işğol qilib, hisobni oçdi. 17-daqiqada Zaid Tahsinning xatosidan keyin Joau Feliks oradagi farqni ikkitaga oşirdi. 26-daqiqada esa Akmal Mozgovoy hisobni qisqartirişa erişdi, ammo gol ofsayd sababli bekor qilindi. 32-daqiqada Sadio Manening uzatmasidan söng Feliks dubl qayd etdi. 36-daqiqada “Paxtakor”ning braziliyalik yarimhimoyaçisi Flamarion gol kiritdi va hisobni 1:3 körinişiga keltirdi. Birinçi bölimda muxlislar 4 ta gol kördi.

Ikkinçi bölim ham gollarga boy böldi. Xususan, taymning 8-daqiqasida Abdulloh al-Amri burçak zarbasidan uzatilgan töpni boşi bilan Vladimir Nazarov darvozasiga joyladi. Oradan 9 daqiqa ötib, 62-daqiqada Abdulrahmon Ğarib jamoasining navbatdagi goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada esa Doston Hamdamov hisobni qisqartirdi. Anjelo 79-daqiqada “Paxtakor” 2-goliga jamoasining 6-goli bilan javob qaytardi. Öyin yakunigaça hisobda özgariş bölmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Al-Nasr” jamoasining asosiy yulduzi Kriştianu Ronaldu Toşkentga kelmagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing