Mourino futbolçilarga maoşni kamaytirişni taklif qildi

Sport

−

visibility1133 timer2 daqiqa

image

“Real Madrid” boş murabbiyi Joze Mourino futbolçilar taqvim ziçligi sababli iş taşlaşni istasa, ularning maoşini kamaytiriş kerakligini aytdi. Bu haqda Mourino PSVga qarşi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

“Menimça, agar pul işlab topişni istasak, qattiq mehnat qilişimiz va tavakkal qilişimiz kerak. Bu hayot. Agar futbolçi juda köp öynayotganimiz sababli iş taşlaşni istasa, unga maoşining 50 foizini taklif qilişimiz mumkin. Buning barçasi moliyaviy masalalar bilan boğliq. Bu katta ta’sir körsatadi va biz vaziyatga moslaşişimiz kerak. Qiyinçiliklarga doş berişni örganişimiz lozim”,  deydi Mourino.

Milliy terma jamoalar safidagi öyinlardan klublariga qaytgan “Bavariya” hujumçisi Harri Keyn va PSJ futbolçisi Dezire Due klublari safida söngi uçraşuvlarda jiddiy jarohat oldi.

“Bugun men klub murabbiyiman, ertaga esa milliy terma jamoani boşqarişim mumkin. Biz, klub murabbiylari, ehtimol, barçamiz: “Nega şunça köp terma jamoa öyinlari bor? Nega bunça köp safarlar? Nega bizga örtoqlik uçraşuvlari va heç kimni qiziqtirmaydigan Millatlar ligasi kerak?” deb öylarmiz. Ammo bu – klub murabbiyining nuqtai nazari. Milliy terma jamoalar murabbiylari uçun esa bu eng muhim uçraşuvlar. Federatsiyalar uçun ham şunday. Federatsiyalarning moliyaviy boşqaruvi uçun ham bu bahslar katta ahamiyatga ega. Bu sport darajasidagi manfaatlar töqnaşuvidir. Oxir-oqibat, barçasi pul bilan boğliq. Şuning uçun ham biz öynaşda davom etamiz”,  deya xulosa qildi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uçun, “Real Madrid” bugun, 24 noyabr kuni Çempionlar ligasi doirasida PSVga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 01:00 da boşlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvida öng oyoq töpiq qismidan jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing