Prezident Olot tumani hokimini orden bilan mukofotladi
Jamiyat
−
13:57 1218 2 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 noyabr kuni Buxoro viloyati iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari böyiça yiğilişda e’lon qildi.
Prezident yiğilişda öz hududini kompleks rivojlantirişda Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova alohida jonbozlik körsatayotganini e’tirof etib, davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, yangi iş örinlarini yaratiş orqali aholi farovonligini ta’minlaş yölidagi xizmatlari uçun uni “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini e’lon qilgan.
Ma’lumot uçun, Nargiza Ne’matova 1964 yilda tuğilgan, ma’lumoti böyiça mutaxassisligi vraç-terapevt. 1991 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining kunduzgi bölimini tamomlagan.
Faoliyati davomida Olot tumani markaziy kasalxonasi kardiolog vraçi, tuman markaziy kasalxonasi tuğruqqa tayyorlaş bölimi mudiri, terapevt vraçi, boş vraçi vazifalarida işlagan. 2004 yildan xalq deputatlari Olot tuman kengaşi deputati bölgan. Şuningdek, tuman hokimi örinbosari – tuman xotin-qizlar qömitasi raisi hamda mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği lavozimida işlagan. 2020 yilning mart oyidan buyon Olot tumanini boşqarib kelmoqda.
Live
Barchasi