Özbekiston va Ummon yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston
−
22:39 117 2 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidni ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ummon sultoni ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan ulkan hissasi uçun Özbekiston Prezidentini Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlagan.

Özbekiston rahbari bunday yuksak e’tirof uçun Ummon sultoniga samimiy minnatdorlik bildirib, uşbu mukofotni butun Özbekiston xalqiga, mamlakatlar örtasidagi azaliy döstlik va mustahkam hamkorlikka körsatilgan yuksak hurmat ifodasi sifatida qabul qilişini ta’kidlagan.

Öz navbatida, Özbekiston Prezidenti Ummon sultonini mamlakatlar örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan mukofotlagan.

Ta’kidlanganişiça, uşbu mukofot Ummon sultonining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi sa’y-harakatlariga Özbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasi hisoblanadi.
Yetakçilarning oliy davlat mukofotlari bilan özaro taqdirlanişi tomonlarning köp qirrali şeriklikni yanada mustahkamlaşga bölgan qat’iy intilişini namoyon etgan.
Live
Barchasi