Avstraliyadan “quvilgan” Jokovich Nadalni tabrikladi

Sport

image

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich o‘zining Instagram sahifasida Avstraliya ochiq chempionatining g‘olib va sovrindorlarini tabrikladi.

“Bu yil Avstraliya ochiq chempionatida ajoyib tennischilar namoyon bo‘ldi, o‘yinlar murosasiz va hatto finallar ham aqlbovar qilmas darajada o‘tdi. Eshli Bartini o‘z muxlislari oldida ajoyib o‘yin ko‘rsatgani va Daniyel Kollinsni muvaffaqqiyatli turnir bilan tabriklayman. Rafael Nadalni esa 21-marta “Katta Dubulg‘a” sovrinini yutgani bilan qutlayman. Ajoyib natija. Har doimgidek ta’sirchanlik jangovar ruh yana bir bor g‘alaba keltirdi. Daniil Medvedev borini berdi va biz undan kutgan ishtiyoq va qat’iyatni namoyish etdi”, deya yozgan Jokovich. 

Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal 5 soat 24 daqiqa davom etgan finalda Daniil Medvedevni mag‘lub etib, faoliyati davomida “Katta Dubulg‘a” turnirlarida qo‘lga kiritgan sovrinlari sonini 21 taga yetkazib olgan holda rekord qayd etdi. 

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa dunyoning birinchi raqamli tennischisi Eshli Barti AQSH vakilasi Daniyel Kollinsni mag‘lub etib, o‘z mamlakatidagi nufuzli musobaqada ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Jokovich Nadal' Aus Open-2022

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing