“Jokovich ishi” jiddiylashmoqda: vaziyatga davlat rahbarlari aralashdi

Sport

vuc

Dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich Avstraliyadagi viza bilan bog‘liq muammolari joriy yilning 10 yanvar kuniga qadar sudda ko‘rib chiqiladi. “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi aybdor, deb topilgan taqdirda uning deportatsiyasi 3 yilga qadar davom etishi mumkin. 

“Agar viza bekor qilinsa, oqibatlari uzoq muddatli bo‘ladi. Endi Novakka ilgari boshqa davlatdan deportatsiya qilinganmi yoki yo‘q ekani haqida doimiy savollar berishadi. Agar u Avstraliyadan deportatsiya qilinsa, mamlakatga kirish huquqi 3 yilga taqiqlanishi mumkin”, deydi professor Meri Krok.

Ushbu voqealardan so‘ng, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tennischi bilan bog‘langani va uni himoya qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.

“Biz u bilan ikki marta gaplashdik va ijaraga olgan uyiga ko‘chib o‘tishi uchun 10 yanvar kunigacha izolyatsiya qilingan mehmonxonada qolmasligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Novak bizdan bu haqda so‘radi. Fuqarolarimizni himoya qilishimiz kerak. Xodimlarimiz bu borada ishlamoqda. Avstraliya Bosh vazirining tennischilarga nisbatan bunday harakati adolatsizlikdir”. 

Qayd etish joiz, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison o‘z Twitter sahifasida serbiyalik tennischi Novak Jokovichning vizasi bekor qilinganini mamlakatda qoidalar so‘zsiz bajarilishi kerakligi bilan izohlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olgan edi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan. Shundan so‘ng, mehmonxonaga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, Novak Jokovich joriy yilning 17-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Australian open” turnirida ishtirok etish uchun Melburnga kelgan edi. Novak ushbu turnirda eng ko‘p, 9 marta g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Vuchich Jokovich Australian open Skott Morrison Meri Krok

Baholaganlar

109

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing