Serbiya sobiq prezidenti Vuçiçning onasiga hujum qilindi

Olam

−

image

Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuçiçning onasi Angelina Vuçiçga bir guruh şaxslar hujum qilib, uning qölini kesib yubordi. Bu haqda “Informer TV” boşlovçisi Olivera Miletoviç ma’lum qildi.

Uning aytişiça, Angelina Vuçiç keça, 25 oktyabr kuni Serbiyada bölib ötgan muddatidan oldingi parlament saylovlarida ovoz berib, bozordan qaytayotganida 7–8 kişidan iborat guruh uning oldiga kelgan. Ulardan biri ayolning qölidagi meva-sabzavot solingan sumkani tortib olgan. Bunda uning qöli kesilgan. Miletoviçning ta’kidlaşiça, Angelina aynan şu qölida avvaldan jarohati borligi sababli muammolarga duç kelgan.

Şundan söng hujumçi uning yuziga yaqinlaşib, tişini tişiga bosgan holda öğlini haqorat qilgan.

Miletoviçning sözlariga köra, Angelina Vuçiç bunday voqea umuman sodir bölişi mumkinligidan qattiq tuşkunlikka tuşgan. Boşlovçi bu hujumni Vuçiçning siyosiy raqiblari tomonidan uning oilasiga nisbatan nafrat bilan boğlagan.

Hukmron Serbiya taraqqiyot partiyasi ham voqea yuzasidan bayonot berdi. Unda aytilişiça, Kaleniç bozori yaqinida blokada tarafdori bölgan siyosiy qaraşlarga ega bir guruh yoş erkaklar Angelina Vuçiçni turtkilab, unga baqirgan va bozordan olib kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlari solingan paketlarini yirtgan.

Partiya vakillari hujumni qoralab, huquq-tartibot idoralaridan voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaş va unda iştirok etganlarni javobgarlikka tortişni talab qilgan. Şuningdek, Angelina Vuçiç hujum haqida politsiyaga xabar bergani, tegişli idoralar voqeaga qonun doirasida baho berişi kutilayotgani bildirilgan.

Ma’lumot uçun, keça, 25 oktyabr kuni Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovlari bölib ötdi. Saylovda qariyb ikki yildan beri hukumatga qarşi namoyişlar ötkazib kelayotgan talabalar qöllab-quvvatlagan “Talabalar röyxati” va sobiq prezident Aleksandr Vuçiç boşçiligidagi hukmron Serbiya taraqqiyot partiyasi örtasida kuraş keçgan. Dastlabki natijalarga köra, talabalar harakati ğalaba qozonganini Vuçiçning özi ham tan olgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç ikkinçi va sönggi beş yillik prezidentlik muddati tugaşiga yetti oy qolganida iste’foga çiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing