Jinoyatmi yo suiqasd? Turkiya IIV rahbari Qodirovaning o‘limi haqida gapirdi
Olam
−
11 Oktabr 2019
11283O‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning vafoti Turkiyadagi rasmiy idoralar rahbarlarini ham oyoqqa turg‘azdi. Bugungacha rasmiylar bu voqealikka ko‘z yumib kelgan bo‘lsa, nihoyat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida Qodirova bilan bog‘liq ishga to‘xtaldi.
“Ushbu voqea haqida xabar topganim zahoti Anqara Ichki ishlar boshlig‘ini voqea joyiga yubordim. O‘sha kundan beri hammasini o‘zim nazorat qilib kelyapman.
U o‘z joniga qasd qilmadi, o‘ldirildi deyishyapti. Ayni vaqtda bunday dalil yo‘q. Bu ishni yopdi-yopdi qilishni qo‘ya turing. Bunday masalalarga alohida e’tibor qaratish bizning tashabbusimiz bo‘ladi. Bu adolatdan tashqari vijdon va insoniylik masalasi.
Barcha voqealarda qanday ishlar olib borilsa, voqea joyida qanday tekshiruv ishlari olib borilsa, bu holatda ham xuddi shunday yo‘l tutilgan. Shunday bir vaziyatda qo‘l qovushtirib o‘tiramizmi?
Keling, aybdorni dalilsiz tutaylikda, ishni sudga oshiraylik. Sizningcha, bu to‘g‘rimi?
Sud-tibbiyot ekspertizasi qilindi, tegishli namunalar olindi. Faqat deputatning raqifasi skleroz xastaligiga chalingani sabab prokuratura uning so‘roq qilinmasligiga ruxsat berdi. Undan tashqari uydagi hammaga tegishli namunalar, ya’ni barmoq izlari olindi. Voqea joyi va vositalariga aloqador nimalar qilinishi kerak bo‘lsa, hammasi qilindi. Agar bu imi-jimida yopiladigan bo‘lsa, bizning insonligimiz, davlatning esa davlatligida ma’no qolmaydi”, deydi Ichki ishlar vaziri Soylu.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati Shirin Unalning uyida vafot etdi. Avvaliga tarqatilgan xabarlarda qiz o‘z joniga qasd qilgani ma’lum qilindi. Keyinroq, u jinoyat qurboni bo‘lgani aytildi. Ayni vaqtda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi