Erdo‘g‘anga aloqador deputatning uyida o‘lgan o‘zbekistonlik ishi qayta tiklandi
3-sahifa
−
04 iyun 8103 1 daqiqa
Turkiyada sirli tarzda o‘lim topgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaga oid ish qayta tergov qilinadi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Gap shundaki, Adliya vaziri Akin Gurlekning topshirig‘iga ko‘ra, fosh etilmagan jinoyat ishlarini oydinlashtirish bo‘yicha harakatlar ko‘lami kengaytiriladi. Shu doirada Nodira Qodirovaning shubhali o‘limi ham qayta tekshiriladi.
Adliya va Ichki ishlar vazirliklari muvofiqlashtiruvida olib borilayotgan, fosh etilmagan jinoyat ishlarini oydinlashtirish bo‘yicha ishlar jadallashadi. Adliya vaziri Akin Gurlekning topshirig‘i bilan avvalroq 75 ta viloyatda 693 kishining nomi qayd etilgan 638 ta ish qayta ko‘rib chiqishga olingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarayon ko‘lami kengaytirilib, 81 ta viloyatdagi mingdan ortiq ish arxivdan chiqariladi.
Qayta ko‘rib chiqiladigan ishlar orasida jamoatchilikda keng rezonans uyg‘otgan hodisalar ham mavjud. Ulardan biri 2015 yilda Turkiyaga ko‘chib kelgan O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limidir. Qodirova 2019 yil 23 sentyabrda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an rahbarligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan deputat Shirin Unalning Anqaradagi uyida o‘lik holda topilgan, hodisa ko‘p o‘tmay “qurol bilan o‘z joniga qasd qilish” sifatida rasmiylashtirilgan. Biroq uning yaqinlari tomonidan bildirilgan tazyiq va tahdidlar haqidagi da’volar sababli ish qayta ko‘rib chiqiladi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust