Agar oddiy kabobchi yoki novvoy bo‘lganda, allaqachon qamalardi – Nodira Qodirovaning akasi
Jamiyat
−
04 dekabr 2020
398052019 yilning 23 sentyabr kuni Turkiya poytaxt Anqarada – Buyuk Millat Majlisining “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan deputati Shirin Unalning xonadonida vafot etgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning akasi Muhammadali Qodirov yana chiqish qilib, xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Qodirova masalasini kun tartibiga chiqardi.
Uning qayd etishicha, parlament a’zosi Shirin Unal deputatlik daxlsizligini suiste’mol qilib, o‘z lavozimi vakolatlaridan foydalanmoqda.
“Men yuqorida o‘tirgan barcha rasmiylarga, jamoatchilikka, ayniqsa, Konstitutsiyaviy sud ekspertlariga murojaat qilaman: singlim Nodiraning o‘rniga loaqal bir daqiqaga o‘z farzandlaringiz, yaqinlaringizni qo‘ying”, deydi Nodira Qodirovaning akasi.
Nodira Qodirova uch yil davomida Turkiyada yashagan. U 2019 yilning 23 sentyabri – vafotiga qadar deputat Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib, uning xasta rafiqasiga enagalik qilgan. Anqara politsiyasi Qodirovaning o‘limini “qurol bilan o‘z joniga qasd qilish” deb qayd etdi. Marhumning dugonasi esa o‘limidan bir necha avvalgi suhbatini shunday xotirlagandi: “Shirin Unal yotoqxonaga kirib, xonamning eshigini qulflab, meni quchoqladi, men esa unga qarshilik ko‘rsatdim”.
Ayni vaqtda Muhammadali Qodirov singlisining vafoti bo‘yicha ochilgan ish “Oilani himoya qilish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida”gi Turkiya qonuni diorasida ko‘rilishini talab qilmoqda.
“Shirin Unal oddiy fuqaro, kabobchi yoki novvoy bo‘lganida allaqachon hibsga olingan bo‘lar edi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligida u bilan suratlarga tushishyapti, masjidlarni aylinishmoqda (Shirin Unal iyul oyida Istanbulda Aya Sofiya masjidining ochilishida ishtirok etgan edi – tahr.). Shirin Unal deputatlik daxlsizligim bor deb o‘z vakolatlari suiiste’mol qilmoqda. Ko‘ramiz, qachongacha lavozimidan foydalanar ekan”, deydi Muhammadali Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Nodira Qodirova vafot etgan xonaning videosi tarqalgan edi.
LiveBarchasi