Jerrard ishdan bo‘shatildi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi angliyalik murabbiy Stiven Jerrardni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassis 2023 yilning yozida “Al-Ittifoq”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bungacha Jerrard “Aston Villa” va “Reynjers”ni boshqargan va ushbu klublar bilan Shotlandiya chempioniga aylangan. Stiven “Liverpul”ning yoshlar jamoasida ham faoliyat olib borgan.

Jerrard “mersisaydliklar” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida u “qizillar” bilan Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Angliyalik futbolchi 2016 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunladi. Stiven oxirgi to‘p tepgan klub Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning boshqa bir klubi Al-Nasr 77 million yevro evaziga kolumbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Stiven Jerrard Al-Ittifoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing