Saloh sevimli futbolchisi kimligini oshkor qildi
Sport
−
03 mart
14221Joriy mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan biri, “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh o‘zining sevimli futbolchisi nomini aytdi. Misrlik futbolchi mersisaydlik afsonaviy Stiven Jerrardni alohida e’tirof etdi.
“Men PlayStation'da Jerrardni o‘ynatishni yaxshi ko‘rardim. U men doimo tanlagan yagona futbolchi. U uzoqdan zarba berib, ko‘p gol urardi. Men u bilan ikki marta uchrashdim va u aql bovar qilmaydigan darajada katta shaxs”, deydi misrlik futbolchi.
Joriy mavsumda 32 yoshli Muhammad Saloh klub safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Ayni damda misrlik futbolchi Premer-liga to‘purarlik poygasida peshqadamlik qilmoqda va shuningdek, 2025 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun favorit bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning sobiq futbolchisi Serxio Ramos ayni vaqtda sevimli futbolchilari kim ekanligini aytgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




