Saloh sudga chaqirilmoqda

Sport

image

Qohira sudi Misr terma jamoasi sardori va “Trabzonspor” hujumchisi Muhammad Salohni advokatlik xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq fuqarolik ishi bo‘yicha joriy yilning 4 oktyabr kuni sud majlisida ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda “Masrawy” nashri xabar berdi.

Avvalroq sud futbolchini shaxsan sudga kelib, qasamyod qabul qilishga majburlagan edi. Biroq Saloh navbatdagi majlisda ishtirok etmadi. Shundan so‘ng sud unga yangi majlis sanasi haqida xabar berishni buyurdi.

Misrlik advokat Amr Mursi Abd al-Tavob Salohdan yuridik va ma’muriy ishlar, sud jarayonlari hamda maslahat xizmatlari uchun to‘lovlarni talab qilmoqda. Shuningdek, u moddiy va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya so‘ragan. Advokat 2012 yil 20 iyulda unga berilgan umumiy ishonchnomaga tayanib, Salohning yuridik masalalarini hal qilish huquqiga ega bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Sud avvalroq Salohning qasamyod qabul qilish uchun kelmasligi yoki undan bosh tortishi qonunchilikda nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirgan.

Ayni paytda mazkur ish fuqarolik ishi bo‘lib, sud Salohning advokat oldida qarzi bor-yo‘qligini hali aniqlamagan. Yakuniy qaror chiqarilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing