Erdo‘g‘an Muhammad Saloh bilan uchrashmoqchi – OAV

Sport

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an misrlik futbolchi Muhammad Salohni uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda “Fotomac” nashri xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, bu masala Erdog‘anning yaqinda “Trabzonspor” klubi prezidenti Ertug‘rul Do‘g‘an va klub rahbariyati bilan uchrashuvida muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, Erdog‘an Saloh haqida so‘ragan. Shundan so‘ng Do‘g‘an unga misrlik futbolchining Turkiya prezidenti bilan shaxsan uchrashish istagi borligini ma’lum qilgan.

Bunga javoban Erdog‘an yordamchilariga imkon qadar tezroq uchrashuv tashkil qilishni buyurgan.

Uchrashuv Anqaradagi Prezidentlik majmuasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Hozircha ko‘rishish belgilanmagan. Uning sanasi har ikki tomonning ish jadvaliga qarab belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh joriy yilning yozida “Liverpul” erkin agent sifatida “Trabzonspor” jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Hozirda misrlik hujumchi Turkiya klubi safida 6 uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta golga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing