Salohga Turkiyadan yer uchastkasi sovg‘a qilindi (video)

Sport

image

Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasining yangi futbolchisi Muhammad Saloh Turkiyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng g‘ayrioddiy sovg‘a – Trabzon viloyatidan yer uchastkasi oldi. Bu haqda “Ajansspor” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, misrlik futbolchiga yer uchastkasini Arakli tumani rahbari Husayn Avni Cho‘shkun Chebi sovg‘a qilgan.

Rasmiyning ta’kidlashicha, ushbu hudud kelajakda global isish va suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolardan nisbatan kamroq zarar ko‘rishi mumkin.

“Bu farzandlaringiz va nabiralaringiz uchun ajoyib joy. Bu yerda suv bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi va hudud iqlim o‘zgarishidan deyarli ta’sirlanmaydi”,  degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh “Liverpul”dagi uzoq yillik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng “Trabzonspor” safiga qo‘shildi. Misrlik futbolchining Turkiyaga kelishi mahalliy muxlislar orasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing