Jerrard Salohni o‘z jamoasiga qo‘shib olmaslikka va’da berdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni o‘zining sevimli futbolchisi ekanligini aytdi va uni Saudiya klubiga qo‘shib olmaslikka va’da berdi.

“Muhammad Saloh mening sevimli futbolchim. Men “Liverpul”ni yaxshi ko‘raman, shuning uchun Saloh o‘z jamoasida qoladi”, deydi Jerrard.

“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi va sardori Stiven Jerrard murabbiylik faoliyatini 2017 yilda “mersisaydliklar” klubining yoshlar tizimida boshlagan. 2019 yilda angliyalik mutaxassis “Reynjers”ni boshqargan, uch yildan so‘ng esa “Aston Villa” murabbiyi sifatida ish boshladi. 2022 yil oktyabr oyida Jerrard jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli iste’foga chiqarilgan edi. 2023 yilning iyulida Stiv Ji Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubi bosh murabbiyiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning boshqa bir klubi “Al-Ittihod” Salohga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. “Al-Ittihod” futbolchining transferi bo‘yicha Angliya klubi bilan muzokaralarni boshlagan. Saudiya klubi futbolchiga ikki mavsum uchun 180 million yevro taklif qilgan. “Al-Ittihod” Salohni “Liverpul”dan 60 million funt evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Stiven Jerrard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing