“Al-Ittifoq” Demaray Grey transferini e’lon qildi 

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi “Everton” yarim himoyachisi Demaray Grey bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Biroq klublar bitimning moliyaviy shartlarini oshkor qilmagan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 9,5 million yevroni tashkil qiladi. 27 yoshli vinger bilan imzolangan mazkur shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, “Al-Ittifoq”da uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, Yamayka terma jamoasi a’zosi Demaray Grey 2021 yildan buyon “Everton” safida to‘p tepadi. Transferga qadar u Angliya klubi bilan 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Grey professional faoliyati davomida “Lester”, “Birmingem” va “Bayer” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubiga “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard murabbiylik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Ittifoq Demaray Grey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made