“Al-Ittifoq” Angliya klubi sardoriga “og‘iz soldi”

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi “Liverpul” sardori Jordan Hendersonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Romanoga ko‘ra, “Al-Ittifoq” 33 yoshli angliyalik yarim himoyachi uchun hech qancha pul va’da qilayotgan emas, balki uni erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shilishini xohlamoqda. “Liverpul” esa Henderson uchun da’vogardan 10 million yevro so‘ragan. 13 iyul kuni Saudiya klubi “qizillar” sardori bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. 

Futbolchining “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi ham 10 million yevroni tashkil qiladi. “Liverpul” va “Al-Ittifoq” transfer narxini kelisha olsa, Jordan Hendersonning Angliya kubidagi 12 yillik faoliyatiga yakun yasaladi. 

Ma’lumot uchun, Henderson o‘tgan  mavsum “Liverpul”ning barcha musobaqalardagi 43 ta, APLning esa 35 ta o‘yinida maydonga tushgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Al-Ittifoq Jordan Henderson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made