Angliyalik afsonaviy futbolchi endi Saudiya klubini boshqaradi
Sport
−
04 iyul 2023 4371 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi jamoa bosh murabbiyligiga Stiven Jerrardni olib keldi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Reynjers” va “Aston Villa”ning sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni taklifini bir necha bor rad etganiga qaramay, o‘tgan haftadagi muzokaralar ijobiy yakunlangan.

Unga ko‘ra, 43 yoshli angliyalik “Al-Ittifoq” bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida “Liverpul“ning sobiq yarim himoyachisi va sardori bo‘lgan Jerrard murabbiylik faoliyatini 2017 yilda “mersisaydlik”lar klubining yoshlar tizimida boshlagan.
Shuningdek, 2019 yilda angliyalik mutaxassis “Reynjers” boshqaruviga o‘tgan. Uch yildan so‘ng esa “Aston Villa”ga kelib, 2022 yil oktyabr oyida jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli iste’foga chiqarilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28